Saloh “Liverpul”dan keyin qaysi klubga o‘tishni o‘ylayotgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh jamoasi bilan yangi shartnomaga imzo chekish niyatida emas. Saloh “Barselona” yoki PSJga o‘tish g‘oyasini o‘ylab ko‘rishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning “Sport” nashri xabar berdi.

Misrlik superyulduzning “qizillar” bilan imzolagan shartnomasi tugashiga bir yildan sal ko‘proq vaqt qoldi. Ammo Muhammad Saloh “Liverpul” bilan yangi kelishuv tuzishga unchalik ishtiyoq bildirmayapti. Sababi 30 yoshli hujumchiga yangi qiyinchiliklar va sarguzashtlar qiziqarli tuyilmoqda va buni sinab ko‘rish yaxshi tajriba bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Muhammad Salohning “Liverpul” bilan kelishuvi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi. Misrlik iqtidor egasi joriy mavsumda “Liverpul” safida 36 uchrashuvda maydonga tushib 28 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uni “Transfermarkt” portali 100 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing