Salkam 3 kilogrammlik narkotik moddalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat
−
04 fevral 2023
4328Namangan va Farg‘ona viloyatlarida narkotik moddalarning savdosi bilan shug‘ullanadigan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiluvchi shaxs bilan Namangan viloyatining Pop tumani hududiga yashirib ketilgan 1 kg 841 gr “gashish” moddasini qabul qilib olgani aniqlandi. Ushbu shaxslar yo‘lovchi avtomashinada Oltiariq tumanida harakatlanayotgan vaqtlarida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.
Shuningdek, yana bir holatda esa Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro Qirg‘izistondan olib kelingan 964 gr “gashish” moddasini 8 ming dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi