“Salimboyvachcha” – Salim Abduvaliyev qo‘lga olindi

3-sahifa

image

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev huquq-tartibot organlari tomonidan Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyida qo‘lga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1 dekabr kuni huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiyada "Salimboyvachcha" nomi  bilan tanilgan Salim Abduvaliyev qo‘lga olindi. Ayni vaqtda Abduvaliyevga nisbatan tergovoldi surishtiruv jarayonlari davom etmoqda. Uning salomatligi borasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xavotirli gaplar esa o‘rinsiz. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkent shahar IIBB Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotganini ma’lum qilgandi. Unda “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev qo‘lga olingan. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing