Salimboyga atab qo‘shiq aytgan xonanda vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Joriy yilning 4 avgust kuni sobiq ittifoq mamlakatlarida taniqli bo‘lgan rossiyalik qo‘shiqchi va bastakor Villi Tokarev 84 yoshida vafot etdi. 

Tokarev umri oxirida ongologik xastalik bilan og‘rigani aytilmoqda. 

Villi Tokarev Rossiya Federatsiya tarkibidagi hozirgi Adigeya Respublikasida 1934 yilning 11 noyabrida tug‘ilgan. 1945 yilda u Dog‘istonga ko‘chib o‘tgan. 

U 1974 yil – 40 yoshida cho‘ntagida bor-yo‘g‘i 5 dollar bilan AQSHga ko‘chib o‘tgan va faoliyatini okean ortida davom ettirgan. 

1990 yilda Rossiyaga qaytgan Tokarev Moskva markazida shaxsiy ovoz yozish studiyasini ochgan. 

Shanson janrida ijod qilgan xonanda 1979 yildan 2014 yilga qadar jami 50 ta musiqiy albomini chiqargan. 9 ta filmda rol ijro etgan. 

Villi Tokarev sobiq ittifoq mamlakatlaridagi ko‘plab avtoritetlarlarga bag‘ishlab, ularni madh etuvchi qo‘shiqlar kuylagan. Shuningdek, u bundan bir necha yil avval o‘zbekistonlik taniqli sport homiysi, MOQ vitse-prezidenti, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyevga ham atab qo‘shiq kuylagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Villi Tokarev

Baholaganlar

496

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar