“Saxovat” va “Muruvvat” uylari Davlat bojxona qo‘mitasiga biriktirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning tegishli qarori bilan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati Davlat bojxona qo‘mitasiga biriktiriladi. Bu haqda “Nigoh” Telegram kanalida xabar berildi. 

Bunda Davlat bojxona qo‘mitasi:

•  tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning infratuzilmasini yaxshilash;

•  tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy uslub va ijtimoiy texnologiyalarni tatbiq etish va boshqalarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga doimiy ravishda ko‘maklashadi.

Shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasiga mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘mitaning maxsus jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish huquqi berildi.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi:

•  2023-2024 yillarda DBQ bilan birgalikda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarining hududida videokuzatuv moslamalarini o‘rnatilishini ta’minlaydi;

•  2022 yil 1 oktyabrdan boshlab Xalq ta’limi vazirligi, SSV hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda tasdiqlangan reja-grafik asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi tarbiyachilarni har yili kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida o‘qitish tartibini joriy etadi;

•  2023 yil 1 iyunga qadar SSV bilan birgalikda ruhiy va jismoniy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan shaxslarning zamonaviy abilitatsiya va reabilitatsiya muolajalaridan o‘tishi uchun “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari negizida zarur texnologik sharoitlar yaratadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing