Saidov TDT Bosh kotibi bilan Budapesht sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi
Jamiyat
−
14 may
3112Kecha, 13 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.
Bildirilishicha, suhbat chog‘ida tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni samarali amalga oshirish hamda mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi qo‘shma loyihalar muhokama qilingan.
Tomonlar, shuningdek, TDT doirasidagi hamkorlikning istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi TDT sammitiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan fikr almashgan.
Ma’lumot uchun, 20-22 may kunlari Vengriya poytaxti Budapeshtda TDT davlat rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi.
TDT davlat rahbarlarining 12-sammiti esa joriy yilda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadi. Ushbu sammitda Shimoliy Kipr Turk Respublikasining ishtirok etishi kutilmoqda. Turkiya parlamenti deputati, “İYİ” partiyasi raisi o‘rinbosari Ayucye Turkesh Toshning aytishicha, ushbu sammit Kiprda Respublikasida Markaziy Osiyo davlatlarining elchixonalari ochilishi bilan turkiy dunyoda yuzaga kelgan keskinlikka oydinlik kiritadi.
“Vengriyaning Shimoliy Kipr bo‘yicha TDT a’zosi sifatidagi pozitsiyasi tahsinga loyiq”, dedi u.
Deputat, shuningdek, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Qozog‘istondagi birlashgan hududiy jamoalar bo‘yicha so‘nggi yig‘ilishga taklif etilmaganidan afsusda ekanini bildirgan.
LiveBarchasi