Prezident aholi muammolari bilan ishlashga oid yangi farmonni imzoladi
Jamiyat
−
03 aprel 2019
12630O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 2 aprel kuni “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Farmonning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni
Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish, fuqarolarimizning o‘z hayotidan rozi bo‘lib, ertangi kunga qat’iy ishonch bilan munosib hayot kechirishini ta’minlash bo‘yicha oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini hisoblangan mahalla institutining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsliligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi.
Shu bilan birga, fuqarolar yig‘inlarining uyma-uy yurib aholi muammolarini aniqlab, og‘irini yengil qilish borasida davlat idoralari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (keyingi o‘rinlarda Xalq qabulxonalari deb yuritiladi) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda – sektorlar) bilan hamkorligini kuchaytirish, moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda soha xodimlari mehnatini munosib baholash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda.
Mahallaning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar yig‘inlari ishini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish, sohaga malakali, boy hayotiy tajribaga ega va fidoyi kadrlarni jalb etish maqsadida:
1. Murojaatlar bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” prinsipi asosida hamkorlik tizimi joriy qilinib, quyidagilar mazkur tizimning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarni o‘rganish orqalimuammolarni aniqlash va hamkorlikda bartaraf etishchoralarini ko‘rish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
har chorakda jamoatchilik nazoratining natijalari, aniqlangan muammolar to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlar, shuningdek, tegishli mansabdor shaxslarning hisobotini eshitish bo‘yicha takliflarni xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilish uchun kiritish;
aniqlangan muammolarni umumlashtirish hamda hal etish maqsadida elektron axborot almashish tizimini joriy etish;
joylarda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish va ularning ijrosini ta’minlashda tizimli hamkorlikni o‘rnatish.
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda – Respublika kengashi), O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining:
fuqarolar yig‘ini huzuridagi jamoatchilik komissiyalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida jamoatchilik asosidafuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchi hamdafuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga ko‘maklashish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimlarini joriy etish;
mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlashda keksa avlod vakillari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar nafaqadagi xodimlarining boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida “Keksalar maslahati” guruhlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
fuqarolar yig‘inlari raislari har chorakda o‘z mahallasi hududidagi dolzarb muammolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarnisektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga taqdim etib boradi;
eng dolzarb muammolar sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalari tomonidan tegishli dasturlarda inobatga olish uchun tavsiya etiladi;
fuqarolar yig‘inlari raislari muntazam ravishda davlat organlari
va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan mas’ul xodimlari, sektor shtabi a’zolari, yo‘l qurilish, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijasi yuzasidan yozma ravishdasektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga ma’lumot kiritadi;
Xalq qabulxonalari tomonidan fuqarolar yig‘inlari raislarining ma’lumotlarida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar, shuningdek, ularning yuqori turuvchi tashkilotlariga mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi.
4. Belgilansinki, 2019 yil 1 iyundan boshlab fuqarolar yig‘inlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Respublika kengashi hamda Moliya vazirligining fuqarolar yig‘inlari raislari va mas’ul kotiblari oylik ish haqi fondinijoriy yilda bosqichma-bosqich 1,5 baravarga oshirishto‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda ushbu xodimlarning oylik ish haqi joriy yil 1 maydan 1,25 baravarga va 1 oktyabrdan 1,2 baravarga oshirilishi nazarda tutilsin.
Fuqarolar yig‘inlari raislari va mas’ul kotiblari lavozimlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan mehnatga haq to‘lash fondi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Respublika kengashi quyidagilarni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin:
a) Oliy sud bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik hamda fuqarolar yig‘ini raisi faoliyatining kafolatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
b) Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatdaquyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini:
fuqarolar yig‘inlari organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llashga ta’sir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda eskirgan mexanizmlarni bartaraf etishni;
fuqarolar yig‘inlari organlarida “zamonaviy menejment” tizimini joriy etish hamda ularning faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari va javobgarlik doirasini aniq belgilashni;
fuqarolar yig‘inlarining mutasaddi davlat organlariga murojaatlarini ko‘rib chiqish tartib-taomillarini mustahkamlashni;
fuqarolar yig‘ini raisining ijtimoiy himoyasi, ular faoliyatining kafolatlari va farqlash belgisini;
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirishhamda kadrlarni mahalla boshqaruvi jarayoniga maqsadli qayta tayyorlash bo‘yicha amaldagi o‘qitish tizimiga oid muammolarni o‘rganish asosida uni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni;
g) Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolar yig‘inlari, ularning xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaxslar faoliyatinireyting asosida baholash mezonlari hamda mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan rag‘batlantirish tartibini.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:
ikki oy muddatda fuqarolar yig‘inlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki bo‘lgan binolarni biriktirilgan yer maydonlari bilan birgalikda xatlovdan o‘tkazib, ularning belgilangan tartibda fuqarolar yig‘inlariga mulk huquqi bilan berilishini ta’minlasin;
har chorakda tasdiqlangan grafik asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari vafuqarolar yig‘inlari binolarini namunaviy loyihalar asosida qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash holati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
8. Respublika kengashi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilsin.
9. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) kengashlari hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlarini ularning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklash, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari balansida bo‘lgan binolarni boshqa shaxslarga biriktirish yoki asossiz ravishda olib qo‘yish taqiqlanadi.
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablarni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida ogohlantirilsin.
10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga:
“Mahalla” teleradiokanalini fuqarolar yig‘inlari faoliyatini yoritish masalalari bo‘yicha Respublika kengashiningbosh axborot hamkori etib belgilash;
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Xalqaro press-klub, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat va hamjihatlik, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrash, oilalarni mustahkamlash hamda ijtimoiy-ma’naviy jarayonlarda mahallaning ishtiroki, mahallalardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tok-shoular, ijtimoiy roliklar, maxsus ko‘rsatuvlar, maqolalar, chiqishlar va eshittirishlar tashkil qilish topshirilsin.
11. Respublika kengashi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan fuqarolar yig‘inlarining yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i milliy segment ma’lumotlarini uzatish tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin;
fuqarolar yig‘inlarining Internet tarmog‘i milliy segment ma’lumotlarini uzatish tarmog‘idan foydalanishi uchunimtiyozli tarifni tasdiqlash bo‘yicha taklif kiritsin;
b) 2020 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda “Elektron hukumat” tizimi doirasida“Mahalla” elektron ma’lumotlar bazasini ishga tushirsin.
12. Respublika kengashi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2019 yil 2 aprel
LiveBarchasi