Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson – Marko Rubio (video)
Jamiyat
−
18:00 861 1 daqiqa
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio AQSH – O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi faoliyatiga yuqori baho berib, uning hamraislari – AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor va O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga alohida minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u kecha, 19 oktyabr kuni Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishida so‘z ochdi.
“Biz uni shunchaki Saida deb chaqiramiz. Chunki uni turli joylarda, ko‘plab tadbirlarda uchratamiz. U nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson”, deydi Marko Rubio.
Davlat kotibi ikki hamraisning hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini e’tirof etib, “Bugungi oqshom sizlarsiz amalga oshmas edi”, deya ta’kidlagan.
Rubioning qayd etishicha, kengash va “B5+1” guruhi faoliyati davlatlar hamda xususiy sektor imkoniyatlarini birlashtirish, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi biznes aloqalarini kengaytirishda muhim o‘rin tutmoqda.
“Bunday samarali hamkorlikning asosi – umumiy qadriyatlarimiz va maqsadlarimizdir. Biz mustaqil va suveren davlatlarmiz. Har birimiz o‘z mamlakatimiz va xalqimiz uchun eng yaxshisini istaymiz”, deydi AQSH Davlat kotibi.
Live
Barchasi