Saida Mirziyoyeva jurnalist va blogerlar haqida: “Ular fuqarolik nazoratining peshqadamlariga aylandi”

Jamiyat

image

“COVID-19 pandemiyasi davrida butun dunyoda ommaviy axborot vositalari va aholi axborotdan erkin foydalanish va uni tarqatish bilan bog‘liq muammolarga duch keldi”, deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva. 

U bugun, 28 sentyabr Axborotdan erkin umumfoydalanishga bag‘ishlangan Xalqaro onlayn-konferensiyada ishtirok etdi. 

“Turli mamlakatlarda bu vaziyatdan qanday qilib chiqilayotgani, eng yaxshi tajribalarni tanlash va ularni targ‘ib qilish uchun qanday yechimlar taklif etilayotganini bilish juda muhimdir. Birgalikda, bir-birimiz bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda ushbu global pandemiyani yengib o‘tishimiz mumkinligiga ishonchim komil”, deydi Mirziyoyeva.

U O‘zbekistonda so‘nggi yillarda jurnalist va blogerlari, ommaviy axborot vositalariga nisbatan e’tibor haqida gapirib, davlat tashkilotlari Matbuot xizmatlari yangidan shakllantirilganini urg‘uladi.

“O‘zbekiston tarafidan axborotdan erkin foydalanishni yaxshilash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlaridan biri – davlat organlari matbuot kotiblari maqomining qonunchilik darajasida oshirilishidir. Barcha davlat tuzilmalari va hokimiyatlardagi 600 dan ortiq matbuot xizmatlarini o‘z ichiga olgan tizimning yaratilishi, davlat organlarining xalq oldida ochiqligini ta’minlash imkonini berdi. Uning samaradorligi pandemiya davrida, aholini tezkor xabardor qilish hayotiy zarur ahamiyatga ega bo‘lganda, o‘z tasdig‘ini topdi”, deydi Mirziyoyeva.

Uning qayd etishicha, O‘zbekistonda COVID-19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yorituvchi aloqa tizimi yaratilgan. Ushbu tizimning yaratilishi ommaviy axborot vositalari hamjamiyati va Fondning birgalikdagi tashabbusi bo‘lib, unda umumiy falokat oldida pandemiyaga qarshi kurashda aholiga ko‘maklashuvchi muhim axborotlardan erkin umumfoydalanishni tashkil qilish maqsadida davlat idoralari bilan birlashgan jurnalistlar va blogerlarning fuqarolik pozitsiyasi yuzaga kelgan. 

“Biz davlat organlari uchun savol va tavsiyalarni tayyorlab beruvchi ko‘ngilli jurnalistlar va blogerlarning onlayn guruhini yaratdik. O‘z navbatida, COVID-19 infeksiyasining tarqalishi tufayli yuzaga kelgan vaziyatni davlat tomonidan tartibga solish jarayonida samimiy ishtirok etgan barcha ommaviy axborot vositalari va blogerlardan minnatdormiz. Ular ushbu jarayonning ajralmas qismi, fuqarolik nazoratining peshqadamlariga aylandi. Bu qat’iy va hayotiy ahamiyatga ega fursat edi!”, deydi Mirziyoyeva. 

Konferensiyada BMT Bosh kotibining global kommunikatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Melissa Fleming, YeXHT Bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Tuula Yuryola, YeXHT huzuridagi Shvetsiya elchisi va YeXHT ning 2021 yildagi Doimiy kengashi raisi Ulrika Funered, OAV erkinligi masalalari bo‘yicha YeXHT Vakolatxonasi ofisining direktori Yurgen Xayssel, YeXHT ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor, BMT ning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer, Xalqoro matbuot instituti Ijrochi direktori Barbara Trionfi, Osiyo-Tinch okeani eshittirishlar ittifoqining Bosh kotibi Javad Mottagi, shuningdek deyarli 40 mamlakatdan 150 ga yaqin milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing