Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandni aylandi

Jamiyat

−

image

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibining rafiqasi Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

“Qadrli mehmonimizni bu ko‘hna va betakror shaharning boy tarixi, umrboqiy an’analari, shuningdek, mohir ustalarning san’ati bilan tanishtirish niyatida unga hamrohlik qildim”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

U Janett Rubioda O‘zbekiston va o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi haqida yorqin xotiralar qolishiga ishonch bildirdi.

“Janett xonim qalbida O‘zbekiston va mehmondo‘st xalqimiz haqida unutilmas taassurotlar qoldi deb umid qilaman”, deb yozdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqanddagi mashhur Registon maydonida bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing