Saida Mirziyoyeva Venetsiya biyennalesi ochilishida qatnashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Venetsiya biyennalesidagi O‘zbekiston milliy paviloning ochilish marosimida qatnashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Mirziyoyevaning bildirishicha, zamonaviy jahon san’atining eng nufuzli minbarlaridan biri bo‘lgan Venetsiya biyennalesi joriy yilda “In Minor Keys” (“Minor ohanglarda”) shiori ostida o‘tkazilmoqda. Mavzu hozirgi davr uchun juda aniq tanlangan, unda dunyoni anglash borasidagi nozik va murakkab qarashlar mujassam.

“61-Venetsiya biyennalesida O‘zbekistonning “The Aural Sea” milliy paviloni ochilish marosimida nutq so‘zladim. Bu men uchun o‘ta ahamiyatli chiqish bo‘ldi”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Uning bildirishicha, loyiha Orol dengizi mavzusiga bag‘ishlangan, biroq bunda u faqatgina ekologik fojia timsolida talqin qilinmagan. Ushbu ekspozitsiyada Orol xotiralar, afsona va rivoyatlar hamda ijodiy izlanishlar makoni sifatida namoyon bo‘lgan.

“Yana bir bor mamlakatimiz paviloni biyennale ishtirokchilari va mehmonlarining katta qiziqishiga sazovor bo‘lib, madaniyatimiz bilan yaqindan tanishish va mintaqamizga sayohat qilish istagini uyg‘otdi”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, Venetsiya biyennalesi – dunyodagi eng qadimiy va nufuzli san’at forumlaridan biri bo‘lib, 1895 yildan beri har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. Hozirgi vaqtda 61-Xalqaro badiiy ko‘rgazma (Biennale Arte 2026) o‘tkazilmoqda. U 9 maydan 22 noyabrgacha davom etadi. Ko‘rgazma an’anaviy ravishda Jardini bog‘lari va Arsenal (sobiq kemasozlik zavodi) hududlarida, shuningdek, shahar bo‘ylab turli maydonlarda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Venetsiya biennalesi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing