Saida Mirziyoyeva tushlikni bolalar bilan qildi

Jamiyat

image

Yuqoridagi surat e’tiboringizni tortdimi? Ha, adashmadingiz. U Prezidentning to‘ng‘ich qizi Mirziyoyeva. U bugun tushlikni bolalar bilan qildi. 

Bugun, 27 noyabr kuni brayl alifbosida chop etilgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Muhabbat” asari, shuningdek, 8 sinflar uchun fizika fani darsligi (8 qism), 8-9 sinflar uchun kimyo fani darsligi (har biri 8 qismdan), 10-11 sinflar uchun algebra va tahlil asoslari (har biri 10 qismdan) darsliklarining rasmiyatchilikdan xoli taqdimoti o‘tkazildi. 

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalvar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi  PQ-4151-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” doirasida tashkil etildi.

Tadbirda AOKA rahbariyati, Toshkent shahridagi ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘qituvchi va o‘quvchilari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, jami 80 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘z nutqi davomida hozirgi vaqtda mamlakatda davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan va yoshlarni tarbiyalash hamda ularga ta’lim berish uchun sharoit yaratishga qaratilgan 5 tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganini ta’kidladi.

Ushbu tashabbuslarning muhim tarkibiy qismi kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarda bolaligidanoq kitobga muhabbat uyg‘otish, mustaqil fikrlash va keng dunyoqarashni shakllantirish hisoblanadi. Bu tadbir 5 tashabbusni amalda joriy etishda yaqqol namuna bo‘ladi.

“Kitob insonning ma’naviy ulg‘ayishida muhim ahamiyatga ega. Biz farzandlarimiz qalbida adabiyotga muhabbatni yanada mustahkamlashimiz, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishimiz zarur”, deydi tadbirning faxriy mehmoni sifatida ishtirok etgan xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning qizi Yulduz Hoshimova. Shuningdek, Yulduz Hoshimova otasi va brayl alifbosida chop etilgan  asar haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

203

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing