Rasman: Saida Mirziyoyeva Prezidentning yordamchisi bo‘ldi

Jamiyat

image

Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ushbu tayinlovga qadar Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Saida Mirziyoyeva 1984 yil 4 noyabrda Qo‘qonda tug‘ilgan. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri bo‘lgan. 

Mirziyoyeva 2019-2020 yillarda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2020 yildan esa Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyatini boshlagan. 

Shuningdek, u 2019 yildan buyon Gender tengligi bo‘yicha komissiya a’zosi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing