Saida Mirziyoyeva AQSHdagi o‘zbeklarga dasturxon yozdi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva ayni vaqtda AQSHda bo‘lib turibdi. U Nyu-Yorkda o‘zbek diasporasi vakillari bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda Nyu-York meri Erik Adams ham qatnashgan. 

"Men uchun ularni bahor bayrami – Navro‘z bilan tabriklash juda yoqimli bo‘ldi", deydi AQSHdagi o‘zbeklar uchun bayramona kechaga boshchilik qilgan Mirziyoyeva. 

Tadbirga AQSHda istiqomat qilib, ko‘plab yutuqlarga erishgan o‘zbekistonliklar, jumladan O‘zbekiston xalq artistlari Ezro Malakov va Muhabbat Shamayeva ham qatnashgan. 

"Vatandoshlarimiz bilan juda iliq suhbatlashdik. Ularga yurtimizda  amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar haqida so‘zlab berdim va ularning ham  yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarga  katta qiziqish bilan qarayotganiga guvoh bo‘ldim. 

Yurtdoshlarimizning aksariyati  o‘z tarixiy Vatanidan uzoqlashmagani,  turli loyihalarni amalga oshirish orqali  AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi  madaniy, siyosiy va iqtisodiy  aloqalarni  mustahkamlashga intilayotganligi juda quvonarli. 

Ota uyidan minglab kilometr olisda bo‘lsada, Vatanimizga nafi tegayotgan ana shunday hamyurtlarimizdan minnatdorman", deydi Mirziyoyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing