Saida Mirziyoyeva Erdo‘g‘anning o‘g‘li bilan Istanbuldagi universitet va maktabga bordi
Jamiyat
−
11:54 851 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbul shahrida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘g‘li Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabiga bordi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Ushbu muassasalarning o‘qitish uslublari, yondashuvlari menda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan”, deydi Saida Mirziyoyeva.



Uning bildirishicha, bunday ilg‘or amaliyot o‘zaro hamkorlik uchun keng yo‘l ochadi. Tashrif davomida ikki mamlakat ta’lim maskanlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilari, talabalar, pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib olingan.



“Ta’lim sohasi – O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning muhim qirralaridan biridir. Mazkur yo‘nalishdagi hamkorligimiz yoshlarning o‘qib-o‘rganishi, dunyoqarashi o‘sishi hamda bir-birini yanada yaqindan tanishiga xizmat qiladi”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Live
Barchasi