Saida Mirziyoyeva ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilari uchun aksiya e’lon qildi
Jamiyat
−
28 dekabr 2020 7073 1 daqiqa
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning barcha o‘quvchilari uchun aksiya e’lon qildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva Telegram’dagi kanalida xabar berdi.
“Ko‘ngil ko‘zi” Yangi yil xayriya aksiyasi doirasida uch mingdan ortiq ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi.
“Tekshiruv natijasiga ko‘ra ko‘rishni yaxshilash zarracha imkon mavjudligi aniqlangan har bir bolaga biz tomonimizdan yordam ko‘rsatiladi”, deya o‘z ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 3-4 oy davomida Qoraqalpog‘istondan boshlab O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan maktablar birma bir qamrab olinadi.
Ma’lumot uchun, “Ko‘ngil ko‘zi” xayriya aksiyasi 2019 yilning mart oyida o‘z faoliyatini boshlagan. U ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar ta’limi, ularning ma’naviy va ruhiy rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, kelgusi hayotga va jamiyatga moslashishi uchun yo‘naltirilgan.
Loyiha doirasida brayl shriftida darslik nashr etish yo‘lga qo‘yildi, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar ehtiyojlariga ixtisoslashtirilga kompyuter markazi yaratildi, barcha maktab-internatlarning texnik bazasi rivojlantirildi va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun boshqa kichik loyihalar amalga oshirildi.
Live
Barchasi