Saida Mirziyoyeva chaqirig‘idan so‘ng, Toshkentdagi panno qayta tiklandi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva “Premier Hall” kinoteatrining ta’mirlash ishlari paytida binoning yuzasida eski panno topilgani haqida ma’lum qilgan edi. Mirziyoyeva shu bilan birga, pannolar Toshkentga betakror qiyofa baxsh etishini ta’kidlab, ularni saqlab qolishga chaqirgan edi.

Kinematografiya agentligining ma’lum qilishicha, shundan so‘ng ekspertlar bilan topilma o‘rganilgan. Natijada Alfred Mazitov qalamiga mansub ushbu “Kokilli qiz” mozaikasini saqlab qolishga qaror qilingan.

Hozirda freska bilan bog‘liq ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichda.

Ma’lumot uchun, “Premier Hall” kinoteatri joriy yil bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent Xalqaro kinofestivalining lokatsiyalaridan biri bo‘lishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva panno

Baholaganlar

296

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing