Saida Mirziyoyeva belgilangan rejalar ijrosini tekshirish uchun Buxoroga bordi
Jamiyat
−
12:36 2563 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasining rahbari Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, viloyatdagi turizm sohasiga oid bajarilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda bugun, 21 avgust kuni Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Administratsiya rahbari may oyida belgilangan rejalar ijrosini, natijalarini ko‘zdan kechirish maqsadida Buxoro viloyatiga borgan.

Ma’lum qilinishicha, viloyatdagi “Jo‘yzar” kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirilgan bo‘lib, hozirda kanalning yana 10 kilometrida jarayon davom etmoqda. Bildirilishicha, mazkur betonlashtirish yiliga 12 million kub metr suvni tejash imkonini beradi.
.jpg)
Shuningdek, kanal hududining o‘zida baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirilgan. “Shayxoncha” mahallasida esa 240 o‘rinli zamonaviy bog‘cha barpo etilgan.


Bundan tashqari, tashrif doirasida turizm sohasidagi yangi loyihalar – “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Jo‘yi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinidagi mehmonxonalar va klaster masalalari muhokama qilingan.

“Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas, balki to‘laqonli sayohat maskaniga aylantirishdir”, deb yozgan Administratsiya rahbari.
Bildirilishicha, Saida Mirziyoyeva tashrif yakunida Buxoroi sharifning “Yetti pir” qadamjolarini ziyorat qilgan.

Live
Barchasi