Saida Mirziyoyeva Aliyevning rafiqasiga xat yozdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning turmush o‘rtog‘i, mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyevani tavallud kuni bilan tabriklab, unga maktub yo‘lladi. Bu haqda “Azertac” nashri xabar berdi.

Saida Mirziyoyeva maktubida Aliyevani ko‘p qirrali shaxs sifatida ko‘rishini, ham jamoat va davlat arbobi, ham mehribon rafiqa va ona sifatida doimo kuzatishini aytib o‘tgan. 

“Hurmatli Mehribon Orifovna, tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan sizni chin dildan tabriklab, eng samimiy tilaklarimni izhor etishdan cheksiz mamnunman. Sizni yorqin va ko‘p qirrali shaxs sifatida – jamoat va davlat arbobi, mehribon rafiqa va ona sifatida doimo qoyil qolib kuzataman”, degan u. 

Mirziyoyeva, shuningdek, birinchi xonim ezgu amallari ortidan nafaqat Ozarbayjon balki O‘zbekiston va dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlarida hurmat qozonganini alohida ta’kidlagan. 

“Sof va fidokor qalbingiz, ezgu amallaringiz orqali siz butun Ozarbayjon xalqining muhabbatini, shuningdek, O‘zbekistonda va dunyoning ko‘plab boshqa mamlakatlarida katta hurmat va e’tibor qozongansiz. Ushbu go‘zal kunda sizga chin qalbimdan mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, ichki totuvlik hamda barcha ezgu tashabbuslaringizni ro‘yobga chiqarish uchun bitmas-tuganmas kuch va energiya tilayman. Hayotingiz doimo quvonch, yaqinlaringizning e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi bilan to‘lsin! Hurmat va ehtirom bilan, Saida Mirziyoyeva – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari”, deya fikrini yakunlagan Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning rafiqasi Mehribon Aliyeva 1964 yil 26 avgust kuni Baku shahrida tug‘ilgan. U dastlab tibbiyot sohasida tahsil olgan. 2017 yildan buyon hozirga qadar Ozarbayjon vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Aliyeva davlat rahbari bilan 1983 yilda oila qurgan. Birinchi xonim hozirda Ilhom Aliyev bilan 3 farzand – Leyla, Orzu hamda Haydarning ota-onasi hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham 61 yoshni qarshilayotgan Ozarbayjon birinchi xonimiga tabriknoma yo‘llagan edi.

Nodir Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ilhom Aliev Saida Mirziyoeva xat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing