Saida Mirziyoyeva: Har bir oila o‘z oila boshi bilan farovon hayot kechirsin
Jamiyat
−
10 avgust 2019
22513O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini qurbon hayiti bilan tabrikladi. U ijtimoiy tarmoqqa ota-onasi - Prezident Shavkat Mirziyoyev va mamlakatning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning suratini joylashtirib, shunday yozadi.
"Qadrli yurtdoshlar! Do‘stlarim, ko‘plab folloverlarim!
⠀
Barchangizni oila a’zolarim nomidan Arafa kuni munosabati bilan tabriklayman!
⠀
Bu dunyoda hamma narsa o‘tkinchi. Lekin mehr-oqibat, urf-odatlarimiz va qolaversa, muqaddas dinimiz bilan bog‘liq barcha qadriyatlarimiz abadiy saqlanib qoladi.
⠀
Eng asosiysi, baxtimizga ota-onamiz, yaqinlarimiz sog‘ bo‘lishsin. Har bir oila o‘z oila boshi bilan farovon hayot kechirsin.
⠀
Haj safarini o‘tayotgan vatandoshlarimizni esa Alloh ziyoratlarini qabul qilib, eson-omon o‘z yaqinlari bag‘riga yetib kelishlarini nasib etsin!
⠀
Arafa muborak, do‘stlarim!"
LiveBarchasi