Saida Mirziyoyeva: Har bir oila o‘z oila boshi bilan farovon hayot kechirsin

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini qurbon hayiti bilan tabrikladi. U ijtimoiy tarmoqqa ota-onasi - Prezident Shavkat Mirziyoyev va mamlakatning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning suratini joylashtirib, shunday yozadi. 

"Qadrli yurtdoshlar! Do‘stlarim, ko‘plab folloverlarim!

Barchangizni oila a’zolarim nomidan Arafa kuni munosabati bilan tabriklayman!

Bu dunyoda hamma narsa o‘tkinchi. Lekin mehr-oqibat, urf-odatlarimiz va qolaversa, muqaddas dinimiz bilan bog‘liq barcha qadriyatlarimiz abadiy saqlanib qoladi.

Eng asosiysi, baxtimizga ota-onamiz, yaqinlarimiz sog‘ bo‘lishsin. Har bir oila o‘z oila boshi bilan farovon hayot kechirsin.

Haj safarini o‘tayotgan vatandoshlarimizni esa Alloh ziyoratlarini qabul qilib, eson-omon o‘z yaqinlari bag‘riga yetib kelishlarini nasib etsin!

Arafa muborak, do‘stlarim!"


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing