Sadir Japarov O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Jamiyat

image

Qirg‘izistonning yangi prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 fevral kuni videokonferensaloqa formatida Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyozaliyev va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev ishtirokida ikki mamlakat o‘rtasidagi qonunchilik bazasining inventarizatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgan.

Muzokaralar davomida tomonlar Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifini tayyorlash va mazmunan to‘ldirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Rasmiy tashrifning aniq sanasi hali ma’lum emas.

Shuningdek, vazir o‘rinbosarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashgan. Mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

509

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing