Sadir Japarov o‘z uyini muhtoj oilalarga berdi 

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov muhtoj bo‘lgan fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlashga yordam berish maqsadida o‘zining ikki qavatli uyini sotuvga qo‘ydi. Davlat rahbari ushbu uyda oilasi bilan 5 yil yashagan. Bu haqda Prezident saytida xabar berildi

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston rahbarining uyi davlat ipoteka kompaniyasi balansiga qo‘yiladi, keyin esa kim oshdi savdosida sotiladi. Ko‘chmas mulk sotuvidan tushgan pul ehtiyojmandlar uchun kvartira sotib olishga sarflanadi. Kompaniyaning taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra, mablag‘ o‘n oilaga yetarli bo‘lishi kerak. Prezident respublikaning yirik amaldorlariga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlashda undan o‘rnak olishlarini maslahat bergan.

“Biz moliyaviy imkoniyatga ega bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolarini uy-joyga muhtojlarga yordam berishga chaqirmoqchimiz. Hamma biladi, respublikaning ko‘plab aholisi uy sotib olish uchun pul topish maqsadida chet elga ketishadi. Biz uy-joyni barcha fuqarolar uchun, faoliyat turidan qat’i nazar, arzon qilishimiz kera”, deya ta’kidladi Japarov. 

Qirg‘iziston Prezidentining qo‘shimcha qilishicha, korrupsiyaga qarshi kurash va qonunbuzar amaldorlardan musodara qilingan ko‘chmas mulkni sotish mamlakatda uy-joy inqirozini hal qilishga turtki bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

396

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing