Sadir Japarov Mirziyoyevning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2021
5526Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21 sentyabr kuni Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi doirasida mamlakat Prezidenti Sadir Japarov bilan ham uchrashgan.
Suhbat davomida tomonlar yuksak darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishning huquqiy asosini mustahkamlash va samarali parlament nazoratini ta’minlash, ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik, shu jumladan, chegara hududlarining mahalliy munitsipal Kengashlarining samarali aloqalarini faollashtirishga qaratilgan ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, ikki mamlakat aholisining keng qatlamlari o‘rtasida yaqin madaniy-gumanitar aloqalar va muloqot uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladigan.
Shuningdek, boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
LiveBarchasi