Saakashvili kechirim so‘radi 

Olam

image

Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili Gruziya chegarasini kesib o‘tishda unga yordam bergani uchun hibsga olingan odamlardan kechirim so‘radi. Bugun, 13 yanvar kuni Tbilisi shahar sudi Saakashvilining chegarani noqonuniy kesib o‘tishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisini o‘tkazdi.  

“Avvalo, men ularga odobli ekanliklari uchun rahmat aytmoqchiman va o‘z mehnati bilan kun kechirayotgan bu odamlar men sabab bir necha oy yutqazganliklari uchun uzr so‘rayman. Yana bir bor uzr so‘rayman, odamlar men tufayli jabr chekdi, bu odamlar qandaydir tarzda ezilishini xohlamas edim”, degan Saakashvili. 

Saakashvili vataniga qaytgach, Gruziya huquq-tartibot idoralari xodimlari Elgudja Somaya, Georgiy Narimanidze, Zurab Sotsoriya va Shalva Sotsoriyani Saakashvilining Gruziya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishi va mamlakat bo‘ylab harakatlanishiga yordam berganlikda ayblab hibsga olgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Saakashvili o‘tgan yilning 1 oktyabr kuni Gruziyada hibsga olindi. Gruziyada u bankir Sandro Girgvlianining o‘ldirilishi va deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanishi bo‘yicha ishlar yuzasidan sirtdan sudlangan edi. Birinchi holatda Saakashvili uch yilga, ikkinchisida olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Bundan tashqari, u 2007 yil 7 noyabrdagi muxolifat mitingini tarqatish, “Imedi” telekompaniyasidagi talonchilik va davlat byudjeti mablag‘larini o‘g‘irlash bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etmoqda, ular hali ham sudlarda ko‘rib chiqilyapti.  

Gruziya rasmiylari Saakashvilini ozod qilishdan bosh tortmoqda. Bosh vazir Irakliy Garibashvilining aytishicha, sobiq Prezident uzoq muddat qamoqda qoladi, u butun muddatini o‘taydi.


Maqola muallifi

Teglar

Saakashvili

Baholaganlar

339

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing