Saakashvili harbiy shifoxonaga yotqizildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili bugun, 20 noyabr kuni Tbilisi chekkasidagi Gldani tumanidagi qamoqxona shifoxonasidan Gori shahridagi harbiy gospitalga yetkazildi. Kolonnaning tez yordam mashinasi bilan harakatlanishi aks etgan kadrlarni Gruziyaning “TV Pirveli” telekanali jonli efirda namoyish qildi.

Sobiq Prezidentga yo‘lda uning davolovchi shifokori Nikoloz Kipshidze, onasi Giuli Alasaniya, qamoqxona shifoxonasi shifokorlari, shuningdek, advokatlar Dmitriy Sadzaglishvili va Nika Gvaramiya hamrohlik qilgan.

Shifoxonada vaziyat tinch. Binoning atrofi politsiya tomonidan o‘rab olingan. Ayni damda advokatlar va davolovchi shifokor Saakashvilining oldiga borish va uning hibsda saqlanayotgan sharoitlari bilan tanishish uchun ruxsat kutmoqda.

Kecha, 19 noyabr kuni Saakashvilining advokati Gvaramiya sobiq rahbar harbiy gospitalga o‘tkazishga va 50 kun davom etgan ochlikni to‘xtatishga rozi bo‘lganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing