Sahna ustasi Asrol Toshkenboyev vafot etdi

Jamiyat

image

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O‘zbekiston davlat satira teatrining yetakchi sahna ustasi Toshkenboyev Asrol Gaziboyevich 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lumot o‘rnida, sahna ustasi Asrol Toshkenboyev ijodiy faoliyatini 1963 yilda Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati musiqali drama teatrida boshlagan. 1968 yilda u faoliyatini Abror Hidoyatov nomidagi O‘zbek davlat drama teatrida davom ettirgan. 

1989 yili Abdulla Qahhor nomidagi Respublika Satira teatri tashkil etilgach, Asrol Gaziboyevich ushbu teatrning tamal toshini qo‘ygan ijodkorlar sifatida shu dargohda ish boshlab, hozirgi kunga qadar mehnat qildi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor Sergo Mixaylovich Sutyagin 84 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Iyulda iqtisod fanlari doktori, professor O‘ktam Pardayevich Umurzoqov ham vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing