Saharlikni taqvimda ko‘rsatilgan vaqtdan 10-15 minut o‘tkazib qilsa bo‘ladimi?
Foydali
−
02 may 2020
37030Muqaddas Ramazon oyi kirib kelishi bilan, ro‘za tutish odoblari, qoidalari haqida turli savollar paydo bo‘ladi. Chunki kishi turli holatlarda va vaziyatlarda bo‘lib qolishi mumkin. Bu borada ulamolardan aniq ma’lumotlarni bilib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Savollardan biri shuki, saharlikni taqvimda ko‘rsatilgan vaqtdan 10-15 minut o‘tkazib qilsa bo‘ladimi? Ushbu savolga O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati quyidagicha javob qaytardi.
“Bismillahir Rohmanir Rohim. Yo‘q, bo‘lmaydi. Taqvimda ko‘rsatilgan vaqtdan o‘tkazmaslik kerak, iloji bo‘lsa ehtiyotini olib, ko‘rsatilgan vaqtdan 5-10 daqiqa oldin yeb-ichishni to‘xtatish zarur. Chunki tong otgandan keyin saharlik qilgan kishi ro‘zani buzgan bo‘ladi va Ramazondan keyin bir kun qazo tutib beradi.
Agar kishi o‘yg‘onganda saharlik qilishga vaqt qolmagan bo‘lsa, hech narsa yemay-ichmay, ro‘za tutishni niyat qiladi. Saharlikdan quruq qolgan bo‘lsa ham, ro‘zasi durust bo‘ladi. Ba’zilar saharlikdan kech qolgan bo‘lsa ham, nimadir yeb yoki ichib og‘iz yopish kerak, deb xato qilishadi.
Chunki saharlik qilish farz emas, buning ustiga saharlik vaqti o‘tgandan keyin biror narsa yeb yo ichib og‘iz yopsa, o‘sha kungi ro‘zasini buzib qo‘ygan bo‘ladi. Natijada Ramazondagi bir kunlik ro‘zaning savobidan mahrum bo‘ladi. Bu savobni boshqa oylarda qancha ro‘za tutsa ham topa olmaydi.Vallohu a’lam”.
LiveBarchasi