“S&P Global Ratings” O‘zbekistonning suveren kredit reytingini e’lon qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 dekabrida “S&P Global Ratings” agentligi O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingi bo‘yicha o‘zining navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, agentlik mamlakat suveren kredit reytingini “BB-“ (“Barqaror”) darajasida saqlab qoldi. 

O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingini baholashda uning: 

• Tashqi kreditor pozitsiyasi va past darajadagi davlat qarzi yuki respublikaning kuchli tarafi deya qayd etilgan;

• Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning (YAIM) kamligi va pul-kredit siyosatining past darajadagi moslashuvchanligi mamlakatning suveren reyting ko‘rsatkichini oshishini cheklovchi omillar sifatida keltirilgan.  Ta’kidlanishicha, qarorlar qabul qilish jarayoni markazlashgan bo‘lib, institutlar o‘rtasidagi hisobdorlik va bir-birini nazorat qilish tizimi yetarli darajada rivojlanmagan. 

Quyidagilar kelgusida O‘zbekistonning kredit reytingiga ijobiy ta’sir etuvchi omillar sifatida sanab o‘tilgan: 

• Mamlakatning global iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va davlat ulushiga ega korxonalar islohoti natijasida iqtisodiyotning o‘sish salohiyati va barqarorligining yaxshilanishi; 

• Diversifikasiyalashgan davlat byudjeti daromadlari bazasi va eksport tarkibi. 

Shu bilan birga, quyidagi omillar respublikaning kredit reytingi baholariga salbiy ta’sir etuvchi omillar sifatida keltirilgan: 

• Yuqori import va joriy hisob operatsiyalarining bundan keyin ham qarz va xorijiy valyuta rezervlari hisobiga moliyalashtirilishi natijasida fiskal va tashqi balansning sezilarli darajada yomonlashuvi;

• Davlat ulushiga ega asosiy korxonalar holatining yomonlashuvi natijasida shartli majburiyatlarning ortishi. 

Shuningdek, agentlik mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarga o‘z fikrini bildirgan. Xususan: 

1) Keng qamrovli siyosiy islohotlar respublikadagi institutlarni yaxshilagani va iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlagani aytilgan;

2). Hukumat institutsional islohotlarda muvaffaqiyatga erishayotgani e’tirof etilgan;

3) Davlat ulushiga ega korxonalar islohotining boshlanishi “muvaffaqiyatli” deya ta’riflanib, ularning faoliyatini modernizatsiya qilish va xarajatlarini qoplay olish darajasiga yetkazish respublikaning iqtisodiy o‘sishiga zamin bo‘lishi ta’kidlangan;

4) Bank sektori islohoti hukumat kun tartibidagi 2017 yilgi iqtisodiy islohotlardan keyingi yirik islohot sifatida qayd etilgan.  Ta’kidlanishicha, bank sektori islohoti iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini pasaytirishga va pul-kredit siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;

5) 2019 yilgi soliq islohoti soliq bazasini kengayishiga va soliqlarning yig‘ilishi darajasini oshirishga olib kelishi mumkinligi aytilgan. 

Shu bilan birga, mamlakat uchun davlat ulushiga ega korxonalar islohoti va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmini oshirish Hukumat oldida turgan vazifa bo‘lib qolayotganiga urg‘u bergan.


Maqola muallifi

Teglar

S&P Global Ratings suveren kredit reytingi

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing