SEOM bosh shifokori soxta ma’lumotnoma sabab jinoiy ish figurantiga aylandi
Jamiyat
−
14 avgust 2020
7645Yunusobodda soxta ruxsatnoma tayyorlab bergan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokorining kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Tergovga qadar tekshiruvda SEOM bosh shifokori O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bayoniga zid ravishda fuqarolarga Respublikada e’lon qilingan karantin vaqtida erkin harakatlanish uchun soxta ma’lumotnoma tayyorlab, maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirib bergan. U 22 kishiga shunday ruxsatnoma bergan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi