Ryutte kimlar Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga rozi bo‘lmayotganini aytdi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte AQSH, Vengriya va Slovakiya Ukraina NATOga qo‘shilishiga rozi bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda u bugun, 18 dekabr kuni Polshaning Varshava shahrida jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi. 

“Ukraina NATOga a’zo bo‘lishi masalasi prinsipial va amaliy jihatdan muhimdir. Prinsipial jihat shundan iboratki, Yevro-Atlantik mintaqasidagi har qanday davlat NATOga qo‘shilish maqsadiga ega bo‘lishi mumkin. Amaliy jihatdan esa bir nechta a’zo davlatlar bunga rozilik bildirmaydi, ya’ni Ukraina NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha yakdil kelishuv bo‘lmaydi. Bunday davlatlar – AQSH, Slovakiya va Vengriya”, deydi Ryutte.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda NATO davlatlari Ukraina xavfsizligini kafolatlash tizimini ishlab chiqmoqda, lekin bu tizim Ukraina a’zoligini nazarda tutmaydi.

“Xavfsizlik kafolatlari hozirgi loyihalashtirilayotgan shaklda uch qatlamdan iborat. Birinchi qatlam – Ukraina Qurolli kuchlari bo‘lib, ular birinchi mudofaa chizig‘i bo‘ladi. Ikkinchi chiziq – “ko‘ngillilar koalitsiyasi” tomonidan loyihalanadigan chora-tadbirlar, ya’ni biz Yevropada tinchlikni ta’minlashni birgalikda kafolatlay oladigan imkoniyatlar. Uchinchi element – bu Amerika Prezidenti avgustda aytganidek, AQSH xavfsizlik kafolatlarining bir qismi bo‘lishini istaymiz”, deydi NATO Bosh kotibi.

Uning aytishicha, hozir muzokaralar davom etmoqda. U to‘liq kollektiv hujjatlar to‘plami qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi haqida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga barham berish bo‘yicha muzokaralarda olg‘a siljish kuzatilayotganini ma’lum qilar ekan, Kiyevga NATO uslubidagi xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi. Biroq hududiy yon berishlar masalasida kelishuvga erishilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing