Ro‘ziboyev UFC reytingida katta sakrashni amalga oshirdi

Sport

image

Yarim o‘rta vazn toifasidagi o‘zbekistonlik UFC janchisi Nursulton Ro‘ziboyev tashkilot reytingida 108 pog‘ona yuqoriladi. 

Ro‘ziboyev o‘z vazn toifasi reytingida 29-pog‘onada qayd etildi. O‘zbekistonlik sportchi keyingi jangidagi g‘alabasi orqali jadvalda top-15 ga kirishi mumkin. Ayni vaqtda Ro‘ziboyev vaznida reyting peshqadami yangi zelandiyalik Israel Adesanya bo‘lib turibdi.

Ta’kidlash joiz, UFC'dagi birinchi jangidayoq ishonchli g‘alabaga erishgan Ro‘ziboyevga keyingi jangida juda jiddiy raqib duch kelishi mumkin. Ro‘ziboyevga UFC Vegas 76 turniridagi yorqin g‘alabasi uchun UFC prezidenti Dana Uayt tomonidan 50 ming AQSH dollari taqdim etilgani ham tashkilotning o‘zbekistonlik jangchiga bo‘lgan kuchli ishonchi belgisidir.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Ro‘ziboyev MMA'da umumiy 35 ta g‘alaba qayd etgan, 8 ta to‘qnashuvda esa mag‘lubiyatga uchragan. U ishtirokidagi 2 ta jangda durang bilan yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Nursulton Ro'ziboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made