Ro‘zg‘or tashvishida Rossiyaga ketgan 45 yashar o‘zbekistonlik qurilish maydonida vafot etdi

3-sahifa

image

O‘zbekistondan kelgan 45 yashar mehnat muhojiri Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi ko‘p qavatli bino qurilish maqdonidan pastga qulab, vafot etdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea Petrograd tumanida sodir bo‘lgan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Chapayev ko‘chasida joylashgan turar-joy binosi qurilishi vaqtida 45 yoshli ishchi balandlikdan qulagan. U olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, hodisaning barcha holatlari aniqlanmoqda. 

Huquq-tartibot idoralaridagi manbaning ma’lum qilishicha, fojia Petrograd qirg‘og‘idagi “Manufaktura James Beck” yangi turar-joy majmuasi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan. Marhum O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, yettinchi qavatdan qulagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

501

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing