Ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagan hokim ustidan Bosh prokuraturaga arz qilindi
3-sahifa
−
03 aprel 2023 20553 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev o‘zi chaqirgan majlisda ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani haqida xabar bergan edik. Hokimning ushbu xatti-harakatlari internet foydalanuvchilari tomonidan keskin tanqidlarga sabab bo‘lgan. Buning ortidan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Bosh prokuraturaga murojaat qildi.
Bildirilishicha, holat bo‘yicha kengash raisi o‘rinbosari Zafar Mustafoqulov Bosh prokuraturaga murojaat xati yo‘llagan. Unda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 31-moddasi hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasi eslatib o‘tilgan.

“Mamlakatimizda Konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan siyosiy jarayonlar paytida Koson tumani hokimining yuqoridagi xatti-harakatlari ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarning keng e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda”, deyiladi murojaat xatida.
Shuningdek, yuqoridagilarni inobatga olib hokimning xatti-harakatlari yuzasidan prokuror nazorati hujjatini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqilishida amaliy yordam berish so‘ralgan.
Live
Barchasi