Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha yangi qonun qabul qilinadi

Jamiyat

image
Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi north_east

Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi

Abonentlarning ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlariga teng sharoitlar ta’minlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasida qayd etilgan.

Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarining asosiy prinsiplari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

•  aholini ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlashning ustuvorligi;

•  ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv xizmatlari sohasiga sarmoyalarni (investitsiyalarni) jalb etish uchun sharoitlar yaratish, sarmoyalar (investitsiyalar) qaytarilishi kafolatlarini ta’minlash;

•  markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari tizimining texnologik va tashkiliy yagonaligi va butunligini ta’minlash;

•  ichimlik suvi ta’minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, va ularning abonentlarining iqtisodiy manfaatlari muvozanatiga (balansiga) erishish va rioya qilish;

•  ichimlik suvi ta’minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini oshirish amalga oshiruvchi tashkilotlarning ichimlik suvi ta’minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini oshirish amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy asoslangan sarf-xarajatlaridan kelib chiqqan holda ichimlik suvi ta’minoti va (yoki) oqova suv xizmatlari sohasidagi tariflarni belgilash (o‘rnatish);

•  ichimlik suvi ta’minoti va (yoki) oqova suv xizmatlari sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror va huquqlarni cheklamaydigan sharoitlarni ta’minlash;

•  abonentlarning ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlariga teng sharoitlarni ta’minlash;

•  ichimlik suvi ta’minoti masalalarining davlat nazorati va davlat tomonidan tartibga solinishi;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarini amalga oshiruvchi korxonalarning, uy-joy kommunal xo‘jaligining davlat boshqaruvi organlari, suvdan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolar muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlariga ularning vakolatlari doirasida hisobdorligi;

ichimlik suvi ta’minoti tizimlarining texnologik xususiyatlari va O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan yagona standartlar va normalar asosida ichimlik suvi ta’minoti manbalarini tanlashni hisobga olgan holda ularning xavfsizligi, ishonchliligi va boshqarilishini ta’minlash;

yer osti suvlaridan ustuvor foydalanish;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarining hisobi va to‘lovliligi;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvi xizmatlari, jihozlar va ular uchun materiallar, shuningdek ichimlik suvi va kanalizatsiyani tozalash va zararsizlantirish uchun kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimlari rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvi xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvi xizmatlari sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatining ochiqligi (oshkorligi).


Maqola muallifi

Teglar

Ichimlik suvi qonun loyihasi

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing