Rus tili barqarorligi ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston 9-o‘rinda
Bu qiziq
−
14 dekabr 2020
7430Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida rus tili barqarorligi ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston 9-o‘rinni egalladi.
Qayd etilishicha, Pushkin nomidagi rus tili instituti mutaxassislari dunyoda davlat kommunikatsiyalari, ommaviy axborot vositalari, ta’lim, fan va internet kabi sohalarda rus tilidan foydalanish holati qanday ekanligiga baho bergan.
Birinchi uchlikka Belarus, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kirgan. Tojikiston ham yuqori beshinchi o‘rinni egallagan. O‘zbekiston esa ro‘yxatning o‘rtasidan joy olgan.
Jahon reytingida rus tili 8-o‘rinni egallagan. Bugungi kunda 258 million kishi ushbu tilda gapirishi aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, rus tili internetda mashhurligi bo‘yicha ingliz tilidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Rus tilidagi kontentga ega saytlarning ulushi 8,6 foizni, ingliz tilidagi kontent esa 60,3 foizni tashkil etadi.
LiveBarchasi