Qirg‘izistonda rus tilining rasmiy maqomini bekor qilish taklif etildi 

Olam

image

Rus tilining Qirg‘izistondagi rasmiy maqomini bekor qilish taklif qilindi. Taklif Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy kengashi a’zosi Sadirdin Toraliyev tomonidan kiritilgan

"Bu keskin tarzda eshitilishi mumkin, ammo men Konstitutsiyada faqat qirg‘iz tilini davlat tili sifatida qoldirishni taklif qilaman. Boshqa tillar uchun alohida qonunlar qabul qilish kerak. Yoshlar qirg‘iz tilida gaplashishni to‘xtatib qo‘ydilar, chunki bunga hojat bo‘lmayapti, aslida esa bunday bo‘lmasligi kerak", degan Toraliyev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qirg‘iz tilini o‘rganish uchun sharoit yaratish kerak.

"O‘z tilimizni yo‘qotishimiz mumkin. Bizga rus tili kerak, bizning ingliz tiliga ham ehtiyojimiz bor. Biz qancha ko‘p xorijiy tillarni bilsak, chet elda bizni shunchalik ko‘p hurmat qilishadi. Dunyoda 60 foizdan ortiq odam ingliz tilida gaplashadi. Buning uchun alohida qonunlar qabul qilish va chet tillarini o‘rganishni rivojlantirish kerak", degan Toraliyev.

Mamlakat Konstitutsiyasiga binoan Qirg‘izistonda davlat tili qirg‘iz tili bo‘lib, rus tili esa rasmiy til sifatida ishlatiladi. 

Joriy yilning 17 noyabr kuni Qirg‘iziston parlamenti a’zolari yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etishdi. Referendumni o‘tkazishni Qirg‘izistonda 2021 yilning 10 yanvariga belgilangan muddatidan oldin bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovlari bilan birlashtirish taklif etilgan.

Qirg‘izistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasida Respublika Prezidenti tomonidan ijro hokimiyatiga rahbarlik qilish, Xalq Qurultoyi institutini joriy etish, shuningdek, parlament a’zolari sonini hozirgi 120 kishidan 90 kishiga kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, Qirg‘iziston nomini o‘zgartirish taklif qilingani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

QIRG'IZISTON RUS TILI

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing