Rus mediasi Putinga qarshi: “Lenta” saytida urushni qoralovchi maqolalar e’lon qilindi

Olam

image

Rossiyaning “Lenta” sayti mamlakat Prezidenti Vladimir Putinning siyosatini qoralab, 10 dan ortiq material e’lon qildi.

Qayd etilishicha, “Lenta” sayti “Ukraina Putinning rejalarini buzdi” va “Rossiya Mariupolni butunlay vayron qildi” formatidagi noodatiy va ma’lum darajada ekstremistik sarlavhali matnlarni joylashtirgan. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti va Ukrainadagi urushni tanqid qiluvchi o‘ndan ortiq shunday maqolalar chop etilgan.

Hozirda “Lenta” nashri materiallarni saytdan olib tashlagan, faqat nusxasi veb-arxivda va uni saqlashga muvaffaq bo‘lgan foydalanuvchilarning skrinshotlarida saqlanib qolgan.

Har bir material boshida raddiya bo‘lgan, unda materiallar rahbariyat bilan kelishilmagani va nashrga muammo keltirishi aytilgan hamda uning so‘ngida materiallar o‘chirilmasidan skrinshot qilib olish tavsiya qilingan.

Urushga qarshi maqolalar va ularni joylashtirish uchun javobgarlikni ikki bo‘lim boshlig‘i Yegor Polyakov hamda nashr muharriri Sasha Miroshnikova o‘z zimmasiga olgan. 

Shundan so‘ng, ommaviy axborot vositalarida Yegor Polyakovning murojaati ekani aytilgan matn paydo bo‘lgan.

“Lenta” juda katta auditoriyani to‘pladi, men ko‘p kuch sarfladim, shuning uchun Sasha va men bunday spektakl yagona to‘g‘ri hamda samarali yo‘l bo‘lishiga qaror qildik”, deyiladi murojaatda.

Aytish joizki, avval ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan edi. Joriy yilning 14 mart kuni kechqurun Rossiyaning “Birinchi kanal”i xodimi Marina Ovsyannikova “Vremya” ko‘rsatuvi jonli efirida urushga qarshi plakat bilan studiyaga kirib borgandi. Yangiliklar e’loni paytida u “No war. Urushni to‘xtating. Propagandaga ishonmang. Bu yerda sizni aldashmoqda. Ruslar urushga qarshi”, deb yozilgan plakat bilan kadrga tushdi. Shundan so‘ng, Ovsyannikovaga nisbatan tekshiruv boshlandi. Voqea Moskvaning Ostankino sudi Ovsyannikovaga 30 ming rubl miqdorida jarima solishi bilan yakunlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

268

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing