Rus qo‘shinlari Baxmutda oldinga siljidi, Ukraina Xersondagi chap qirg‘oqni tozalamoqda (xarita)
Olam
−
23 mart 2023 14265 1 daqiqa
Rus qo‘shinlari Baxmutda kichik hududiy yutuqlarga erishdi, Ukraina esa Dnepr daryosining sharqiy (chap) qirg‘og‘idagi hududlarni tozalashda davom etmoqda. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti Ukrainadagi harbiy harakatlarning yangi xaritasini e’lon qildi.
“21 mart kuni e’lon qilingan geolokatsiya videosi “Vagner” qo‘shinlari Baxmutning janubiy qismida biroz muvaffaqiyatga erishganini ko‘rsatdi”, deyiladi institut xabarida.

Shuningdek, boshqa e’lon qilingan kadrlarda Ukrainaning Ivanovskoye janubi (Donetsk viloyati Baxmut tumanidagi qishloq) va Bogdanovkaning (Pavlodar tumanida) janubi-sharqidagi qarshi hujumlari aks etgan.
Avdeyevka shahri yaqinida olingan videoga ko‘ra, rus qo‘shinlari Vodyanoye (Zaporoje viloyatidagi qishloq)dan biroz shimolga qarab yurgan.

Bundan tashqari, rus kuchlari Svatovo-Kremennaya chizig‘ida cheklangan quruqlik hujumlarini amalga oshirgan.

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, mamlakat kuchlari Dnepr daryosining sharqiy (chap) qirg‘og‘idagi hududlarni tozalashda davom etmoqda.


Live
Barchasi