Rus g‘allasi noqonuniy yo‘l bilan O‘zbekistonga eksport qilinayotgani aniqlandi

Olam

image

Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi Rossiyadan Qozog‘iston g‘allasi niqobi ostida olib kelingan don boshqa mamlakatlarga eksport qilinayotganini aniqladi. Bu haqda Agentlikka tayanib TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan davrda mahalliy kompaniyalardan biri Tojikiston, Afg‘oniston va O‘zbekistonga jami 2,2 million dollarlik 8,3 ming tonna Rossiya donini eksport qilgan.

Imtiyozli eksport tarifini olish uchun kompaniya mahalliy dehqon xo‘jaliklaridan g‘allaning Qozog‘istonniki ekanini tasdiqlovchi soxta “schyot-faktura”lardan foydalangan. Bu esa tranzit tarifidan qochishga imkon bergan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston eksport Rus g'allasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing