Runi, Aguero va yana 6 ta futbolchi APL Shon-sharaf zaliga kiritildi

Sport

image

Sakkiz nafar taniqli sobiq futbolchi Angliya Premer ligasining Shon-sharaf zaliga kirdi. Bu haqda Angliya Premer ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

Premer-liga Shon-sharaf zaliga quyidagi futbolchilar kiritilgan: Dide Drogba (“Chelsi”), Patrik Viyeyra va Ian Rayt (ikkalasi ham "Arsenal"), Peter Shmeyxel, Pol Skoulz va Ueyn Runi (barchasi "Manchester Yunayted"), Vensan Kompani va Serxio Aguyero (ikkisi "Manchester Siti").

Eslatib o‘tamiz, Premer-liga shon-shuhrat zaliga oldinroq kiritilgan futbolchilar Terri Anri va Dennis Bergkamp (ikkalasi ham "Arsenal"), Alan Shirer (“Nyukasl Yunayted”), Erik Kantona, Roy Kin va Devid Bekxem (barchasi "Manchester Yunayted"), Frenk Lempard (“Chelsi”), Stiven Jerrard (“Liverpul”).

Ma’lumot o‘rnida, Premer-liganing Shon-sharaf zaliga a’zolik sobiq futbolchilarga beriladigan eng yuqori individual mukofot hisoblanadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing