Ruminiyada xalq mamlakat parlamentiga bostirib kirdi
Olam
−
21 dekabr 2021
4678Bugun, 21 dekabr kuni Ruminiyada COVID-19 ning “omicron” shtammi bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqib joriy qilingan cheklovlardan norozi xalq qo‘zg‘olon ko‘tardi. Parlament e’lon qilgan, mamlakatda ishchi xodimlarning kovidga qarshi emlanishini majburiy qilib belgilash haqidagi qarordan noziri olomon poytaxt Buxarestda yo‘llarni to‘sib parlamentga hujum qilgan.
Ertalab butun mamlakatdan kelgan taxminan 2000-2500 kishi parlament oldiga to‘planib, Ruminiya bayroqlarini hilpiratgan holda, “Ozodlik” deb hayqirishgan.
Bino hovlisiga darvozani buzib kirgan namoyishchilar mashinalarga qarata bo‘yoq sepishgan va qo‘riqlash xizmatini kirish eshiklarni yopib qo‘yishga majburlashgan. Bir qancha vaqt davom etgan namoyishdan so‘ng xalq tarqalgan, politsiya esa ularga nisbatan kuch ishlatmagan.
Ma’lumot o‘rnida, 26 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Afrikaning janubida aniqlangan B.1.1.529 koronavirus shtammini yunoncha “omicron” harfi bilan belgiladi. U juda ko‘p mutatsiyalarga ega, ularning ba’zilari JSSTni tashvishga solmoqda. Dunyoning 89 mamlakatida aniqlangan “omicron” shtammi boshqalariga qaraganda tezroq tarqalish imkoniyatiga egaligi aytilmoqda.
Behruz Saidov
LiveBarchasi