Rubio NATOni chuqur isloh qilishga chaqirdi
Olam
−
03 iyun 612 1 daqiqa
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotiga (NATO) chuqur islohotlar zarur, degan fikrni bildirdi. Uning AQSH Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasidagi eshituvlardagi nutqi NBC News telekanali tomonidan jonli efirda uzatildi.
“Mening fikrimcha, NATOga chuqur islohotlar zarur”, deydi Rubio.
Amerika tashqi siyosat mahkamasi rahbaridan NATOda hozirning o‘zida shu kabi o‘zgarishlar ketayotgani haqida so‘rashganda, u buni inkor etdi.
U AQSHning NATO bo‘yicha yevropalik ittifoqchilariga tegishli harbiy bazalardan foydalanish imkoniyati masalasi “Turkiyadagi uchrashuvda” – alyansning 7–8 iyul kunlari Anqarada bo‘lib o‘tadigan sammitida “muhim o‘rin egallashini” bildirgan.
Qayd etilishicha, Vashington Amerika-Isroilning Eron bilan urushi paytida AQSH qurolli kuchlarining o‘z bazalariga kirishini cheklab qo‘ygan bir qator Yevropa NATO a’zolarining harakatlarini keskin tanqid qilgan.
Bundan tashqari, Rubio NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvi chog‘ida tashkilotni harbiy ishlab chiqarishni kengaytirishga chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington harbiy blokdan mudofaa-sanoat bazasini kengaytirishni va xarajatlar bo‘yicha majburiyatlarni haqiqiy jangovar imkoniyatlarga aylantirishni kutmoqda. Davlat kotibining aytishicha, NATOning kuchi Yevropa davlatlarining kuchiga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen AQSH ishtirokisiz demokratik davlatlarning yangi birlashmasini tuzishga chaqirgan edi.
Live
BarchasiPashinyanning qushi uchmadi
03 iyun