Rostovga o‘nlab dronlar hujum qildi

Olam

image

Bugun, 3 avgustga o‘tar kechasi Rossiyaning Rostov viloyatiga uchuvchisiz samolyotlar hujum qildi. Bu haqda viloyat gubernatori Vasiliy Golubev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Kamenskiy va Morozovskiy tumanlaridagi omborlarga zarar yetgan.

“Muassasada yong‘in sodir bo‘lgan va favqulodda xizmatlar unga qarshi kurashmoqda”, deya qo‘shimcha qildi rasmiy.

Ikki soatdan keyin Golubev qurbonlar va jabrlanganlar yo‘qligiga ishontirib, hujumda Ukrainani aybladi. Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa uzra 55 ta dron qayd etilgan.

“Astra” va “Mash” Telegram-kanallari mahalliy aholiga tayanib havo hujumi ob’ekti Morozovsk yaqinidagi harbiy aerodrom bo‘lganini yozdi.

E’lon qilingan videolarda binolar yonayotganini ko‘rish mumkin. Guvohlarning taxminiga ko‘ra, o‘q-dorilar omborlari yoki yonilg‘i baklari yonib ketgan.

“Astra” suhbatdoshlarining xabar berishicha, Kamenskiy tumanida Davlat zaxiralari federal agentligining (Rosrezerv) Atlas zavodi hududida yong‘in sodir bo‘lgan.

“Ushbu korxona neft mahsulotlarini saqlashga ixtisoslashgan. 2020 yil avgust oyida zavodda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi va Rosrezerv o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tgan”, deb aniqlik kiritadi “Zemlya” gazetasi.

Shu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi 75 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rostov viloyatida 36 ta, Kursk viloyatida 8 ta, Belgorod viloyatida to‘qqizta, Oryol viloyatida 17 ta, Ryazan viloyatida ikkita, Voronej viloyatida, Azov va Krasnodar o‘lkasida dengizda bittadan uchuvchisiz uchish apparati urib tushirilgan.

Kursk o‘lkasi va Krasnodar o‘lkasidan tashqari ushbu viloyatlarning aksariyati hukumati qurbonlar yo‘qligiga ishontirdi. Shu bilan birga, Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov Gubkinskiy shahar tumanidagi neft bazasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rostov dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing