Rossiyasiz Qirg‘izistonga geosiyosiy jihatdan qiyin bo‘ladi – Japarov

Olam

image

Rossiya bilan ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash Qirg‘izistonning milliy manfaatlariga to‘la javob beradi. Bu haqda Respublika rahbari Sadir Japarov Hukumatning “Slovo Kirgizstana” gazetasida chop etilgan “Ittifoqchilik aloqalari” maqolasida aytib o‘tdi.

“Rossiya bilan munosabatlarni eng yuqori ittifoq darajasiga ko‘tarish va strategik sheriklik Qirg‘izistonning milliy manfaatlariga javob beradi. Ishonchimiz komilki, hamkorlikni mustahkamlashga muqobil yo‘l yo‘q va bu sohaga Respublika tashqi siyosatida asosiy o‘rin berilgan. Integratsion loyihalar va uning qudrati tufayli Rossiya perimetri bo‘ylab tinchlikni ta’minlaydi, davlat chegarasi, o‘z atrofida jadal rivojlanayotgan mintaqani shakllantiradi”, deydi Japarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston uchun “Rossiyaning o‘rni va roli nazariy emas, aksincha amaliy”. 

“Yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik asosan milliy manfaatlarimiz bilan belgilanadi. Ular, ma’lumki, Qirg‘iziston Respublikasi davlat suverenitetini yanada mustahkamlash, xavfsizlikni ta’minlash, millatlararo tinchlik va totuvlikni saqlash, ma’naviy rivojlanishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq”, deya so‘zini davom ettirgan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Japarov avvalroq rus tilining Qirg‘izistondagi o‘rni haqida to‘xtalgandi.

"Biz Rossiya bilan birodarlar singari munosabatdamiz. Biz yuqori diplomatik munosabatlarni davom ettiramiz. Rossiyasiz biz uchun ham iqtisodiy, ham geosiyosiy jihatdan qiyin bo‘ladi. Qirg‘izistonning barcha fuqarolari buni biladi. Rossiya Qirg‘izistonning asosiy strategik sherigi bo‘lib qoladi", degan Japarov. 

Ma’lumot uchun, Sadir Japarov joriy yilning 24-25 fevral kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif bilan boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing