Rossiyaning yana bir qo‘shnisida G‘arb davlatlari harbiy mashg‘ulot o‘tkazmoqda

Olam

image

Joriy yilning 5-23 may kunlari Estoniya mudofaa kuchlari va ittifoqchi kuchlarning eng yirik qo‘shma mashg‘ulotlari “Siil 2025” bo‘lib o‘tadi. Manyovrlarda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Portugaliya, Daniya, Shvetsiya, Finlyandiya, Latviya, AQSH va Kanadadan 16 mingdan ortiq askar, Yaponiya, Isroil va Ukrainadan kuzatuvchi va instruktorlar ishtirok etadi. Bu haqda Estoniya Mudofaa kuchlari xabar berdi.

“Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi ittifoqchilar bilan hamkorlikda Estoniya va mintaqaviy mudofaa rejalarining asosiy vazifalarini amalga oshirishni mashq qilish, shuningdek, Mudofaa kuchlari va ittifoqdosh bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini sinovdan o‘tkazishdan iborat. “Siil 2025” doirasida bu yil Estoniyaga qo‘shimcha ittifoqchi bo‘linmalarni kiritish, shuningdek, ushbu bo‘linmalarni Estoniya diviziyasiga qabul qilish va zudlik bilan jangovar tayyorgarlik bilan birlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi”, deyiladi Estoniya mudofaa kuchlari bayonotida.

Idoraning ta’kidlashicha, “Siil 2025”doirasidagi asosiy jangovar tayyorgarlik tadbirlari Estoniyaning shimoliy-sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida, Mudofaa kuchlarining bir nechta poligonlarida va ularning atrofida bo‘lib o‘tadi. Mashqlar kamroq darajada Estoniyaning g‘arbiy, shimoliy va markaziy qismlariga ta’sir qiladi. Birlashgan ittifoqchi kuchlarning individual taktik harakatlari butun mamlakat bo‘ylab kuzatiladi.

Ma’lumot uchun, Estoniya Shimoliy Yevropada Boltiq dengizining sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan, sharqda Rossiya, janubda Latviya bilan chegaradosh. Shimolda Finlyandiya ko‘rfazida Finlyandiya bilan dengiz chegarasi mavjud. Estoniyaning shimol va g‘arbdgi qirg‘oqlarini Boltiq dengizi suvlari yuvadi.
Estoniya 1991 yil 17 sentyabrdan BMT, 1993 yil 14 maydan Yevropa Kengashi, 2004 yil 1 maydan Yevropa Ittifoqi va 2004 yil 29 martdan NATO a’zosi.

Eslatib o‘tamiz,  Rossiyaning yana bir qo‘shnisi Litvada 3 maydan 23 maygacha NATOning “Griffin Lightning 2025” nomli xalqaro harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur mashg‘ulotlar uchun Germaniya harbiy aviatsiyasi Litvaga ko‘chirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing