Rossiyaning yana bir hududida migrantlarga taksi haydash taqiqlandi

Olam

image

Kuzbassda 2024 yil 1 yanvaridan boshlab migrantlarni bir necha sohalarda ishlashga jalb etish taqiqi kuchga kirdi. Avvalroq bu haqdagi tegishli qarorni Kemerovo viloyati gubernatori Ilya Seredyuk imzolagandi.

Hujjatga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlariga mehnat patentiga ega xorijiy fuqarolarni bolalar ovqatlari va parhez oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga jalb etish mumkin emas. Shuningdek, migrantlarni taksi va avtomashinalarda haydovchi bo‘lib ishlashga, mehmonxona xo‘jaligiga, ishga joylashtirish va kadrlar tanlash, barcha darajadagi ta’lim muassasalariga, umumiy va maxsus tibbiy amaliyotga, kosmetologiya, massaj salonlari va boshqa sohalarga jalb qilish taqiqlanadi.

Hududdagi korxonalarga o‘z ishini qaror talablariga muvofiqlashtirish uchun uch oy muddat beriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Kuzbassda jami 8 mingga yaqin migrant patent bilan ishlamoqda.

Avvalroq muhojirlar uchun xuddi shunday taqiqlar Kurgan, Magadan va Tula viloyatlari rahbariyati tomonidan kiritilgan edi. Noyabr oyi boshida Chelyabinsk viloyatida xorijliklarning taksi va avtobuslarni boshqarishiga qo‘yilgan taqiq 2024 yilgacha uzaytirilgan. Tyumen viloyatida ham ushbu cheklov amalda.

Ma’lumot o‘rnida,2022 yilda "Spravedlivaya Rossiya – Za pravdu" partiyasi yetakchisi Sergey Mironov boshchiligidagi bir guruh deputatlar Davlat Dumasiga chet el fuqarolarining maktab, transport va tibbiyot muassasalarida ishlashini taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya mingratlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing