Rossiyaning Ukraina yaqinidagi o‘q-dorilar ombori yonib ketdi

Olam

image

Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyatining  Staraya Nelidovka qishlog‘i yaqinidagi o‘q-dorilar ombori yonib ketdi. Bu haqda viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov ma’lum qilgan. 

“Men Golovinskiy qishloq aholi punkti rahbari Denis Zolotuxin bilan bog‘landim. Staraya Nelidovka qishlog‘i yaqinida o‘q-dorilar ombori yonmoqda”, deb yozgan Gladkov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, turar-joy binolari, uylar vayron bo‘lmagan. Tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q.

Keyinchalik Gladkov o‘q-dorilar omboridagi yong‘in o‘chirilgani haqida xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni Rossiyaning Belgorod shahrida neft bazasi yonib ketgandi. Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov yong‘inda neft bazasi ishchilaridan ikki kishi jabrlanganini ma’lum qildi.

25 aprelga o‘tar kechasi Rossiyaning Bryansk shahrida yana bir neft ombori yonib ketdi. Mahalliy aholining aytishicha, portlash ovozi eshitilgan. Bryanskdagi voqea munosabati bilan baza yonayotgan hudud yaqinida yashovchi odamlarni evakuatsiya qilish boshlandi. Har ikki holatda ham Rossiya rasmiylari Ukrainani aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

389

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing