Rossiyaning Nyu-Yorkdagi konsulligiga hujum uyushtirildi
Olam
−
03 fevral 2021
8016Rossiyaning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligi Davlat departamentidan elchixonaga qilingan hujumidan so‘ng diplomatik vakolatxonaning xavfsizligini ta’minlashni iltimos qilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, “Rossiyaga qarshi aksiya” paytida noma’lum shaxs binoning old qismini qizil bo‘yoq bilan bulg‘agan.
“14:00 dan 20:00 gacha bosh konsulxona binosi yonida Rossiyaga qarshi miting bo‘lib o‘tdi, niqob kiyib olgan noma’lum shaxs bir necha marta bo‘yoq otdi. Binomizning old tomoni, bir qismi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi”, deya ma’lum qildi elchixona xodimi.
Unga ko‘ra, kun davomida aksiya ishtirokchilari soni turlicha bo‘lib, maksimal soni o‘nga yaqin odamni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, diplomatik xizmat binoning tartibini ta’minlash uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilingan, ammo butun aksiya davomida politsiya konsullikka kelishning iloji yo‘qligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi