Rossiyaning “ko‘chmas mulk qirollari” ma’lum bo‘ldi
Olam
−
27 yanvar 2022
14451God Nisanov va Zarax Iliyevning “Kiyevskaya pload” kompaniyasi yana “Forbes”ning "Rossiyaning ko‘chmas mulk qirollari" reytingida yetakchi bo‘ldi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda u ijaradan 1,28 milliard dollar ishlab topgan.
“Kiyevskaya pload”ning eng yirik ob’ektlari orasida "Food City" qishloq xo‘jaligi klasteri hamda Moskvadagi “Yevropa” savdo va ko‘ngilochar markazi mavjud. Oktyabr oyida kompaniya Shelkovskiy avtovokzalida “elkovskiy” savdo ayirboshlash markazini ochgan. Shuningdek, 2023 yilgacha "Olimpiyskiy" sport majmuasini rekonstruksiya qilishni yakunlash ham rejalashtirilgan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni ijara daromadi 585 million dollarni tashkil etgan Samvel Karapetyanning “Tashir” guruhi egalladi. Uning Dmitrovskoye shossesidagi “Rio” savdo markazi, “Kvartal West” ko‘p funksiyali majmuasi va 360 xonali “Novotel Moscow City” mehmonxonasi eng yirik ob’ektlari hisoblanadi.
Reytingning uchinchi qatorida Mixail va Sait-Salam Gutseriyevning “Safmar” guruhi joylashgan. Uning ijara daromadi, “Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, 460 million dollarni tashkil etadi. Guruhning eng yirik ob’ektlari 387 xonali “Moscow Marriott Grand” mehmonxonasi va “Kaleydoskop” savdo markazi hisoblanadi.
Koronavirus pandemiyasi va Rossiyada 2020 yilning bahoridan yozigacha joriy qilingan qattiq karantin fonida reytingda ishtirok etgan 30 ta kompaniyaning umumiy daromadi o‘tgan yilgi 7,7 milliard dollarga nisbatan 24 foizga kamayib, 5,8 milliard dollarni tashkil qilgan. Nashrning ta’kidlashicha, uning ishtirokchilari birinchi marta bunday jiddiy yo‘qotishlarga duch kelmoqda.
“Forbes”ning qayd etishicha, chakana ko‘chmas mulk va mehmonxona egalari eng ko‘p zarar ko‘rgan, ularning bandligi 10 foizga tushib ketgan. Biznes markazlari egalari ham zarar ko‘rdi - bunga ko‘plab ijarachilarning masofaviy ishlashga o‘tishi sabab bo‘ldi.